Tadbir avvalida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, “Orient-ceramic” korxonasi hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o‘rtasida tabiatni asrash, yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish, uzluksiz ta'lim–tarbiya tizimiga ko‘maklashish borasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida e'lon qilingan “Onajonim tabiat” shiori ostidagi rasmlar ko‘rik-tanlovining g‘oliblariga va yil davomida ekologiya mavzusida maqola va videoreportajlar tayyorlagan jurnalistlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi vakillari tomonidan joriy yilda maktabga borishi kerak bo‘lgan, ammo uy ta'limida tahsil oladigan 7 yoshli Mubina Husainovaga ham maxsus dars stoli hadya qilindi.
Tadbirning badiiy qismi bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
10.06.2021