Og‘ir kasallikka chalingan bolalarga alohida e’tibor qaratiladi

– Bu yilgi xayriya tadbirlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratyapmiz, – deydi fond respublika boshqaruvi raisi D.Usmanov. – Davlatimiz rahbarining Respublika ixtisoslashgan gemotologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifidan so‘ng og‘ir kasallikka chalingan bolalarga ham alohida e’tibor qaratishimiz kerakligini angladik. Shu bois joriy yilda, birinchi navbatda, og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan bolalarga xayriya yordamlari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan oila farzandlari holidan xabar olish, uyida yotib davolanayotgan nogiron bolalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish kabi vazifalar ham e’tiborimizdan chetda qolmaydi.  

Ta’kidlash kerak, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari 4 iyunga qadar davom etadi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

31.05.2021