Mehr-saxovat va muruvvat bayrami

– Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda imkoniyati cheklangan bolajonlarning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilyapmiz, – deydi fondning O’rta Chirchiq tuman bo‘linmasi raisi Narimon Hayitqulov. – Chunki bu bayram, eng avvalo, mehr-saxovat va muruvvat bayrami. Bolalarga ulashilayotgan har bir sovg‘a ularning hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasiz.

Ta’kidlash kerak, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan bugun respublikamizning barcha hududlarida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Mahalliy hokimliklar va homiylar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbirlarda ehtiyojmand oila farzandlari va nogironligi bor bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish va ortopedik moslamalar sovg‘a qilinmoqda.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati  

01.06.2021