O‘rganishlar davomida ushbu mahallada yashovchi, 1950-yilda tug‘ilgan Tojixon aya Xolmirzaevaning holidan xabar olinib, u bilan dildan suhbat qurildi. Tojixon aya ayni vaqtda insul't kasalligiga chalinganligi hamda boquvchisi yo‘qligi sababli “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan. U hozirga qadar bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, tibbiy order orqali muntazam davolanib kelmoqda. Mahalla xodimlari va homiylar tomonidan doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab kelinadi.
Tashrif davomida unga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Ishchi guruh navbatdagi manzil sifatida tumandagi “Qo‘rg‘oncha” mahallasida yashovchi, turmushidan ajrashgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan E'zozaxon Qo‘chqorova bilan uchrashdi. Uning imtiyozli kredit asosida o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi borligi aniqlanib, unga 25 mln 500 ming so‘m imtiyozli kredit olishga ko‘maklashildi.
E.Qo‘chqorova ayni vaqtga qadar o‘z xonadonida 10 nafar ish o‘rniga ega tikuv sexi tashkil etgan bo‘lib, bu yerda bolalar trikotaj buyumlari, ayollar kiyimlari, zamonaviy pardalar tikish yo‘lga qo‘yilgan.
Vazirning birinchi o‘rinbosari tashrif davomida tumanning “Qiyali” mahallasi hududida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi, farzandini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan 6 nafar uy-joyga muhtoj ayollar uchun barpo etilgan va barcha qulayliklarga ega uy-joylarni ko‘zdan kechirdi va bu manzilda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.
Xususan, tumandagi “Avesto” mahallasida yashovchi Sh.Xaitova, “Istiqlol” mahallasida yashovchi N.Sobirova, “To‘da” mahallasida yashovchi Z. Odilova, “Omonariq” mahallasida yashovchi S. Sattarova, “Sho‘r” mahallasida yashovchi G.Vaxobova hamda M. Polvonovalarning xonadonlarida yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ko‘plab xotin-qizlarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Oila va Mahalla Vazirligi
21.05.2021