ORZULAR USHALGAN KUN: Prezident tashrif buyurgan onkologiya markazidagi bolalarning kayfiyati qanday?

Hammamizga ma’lumki, onkologik kasalliklar butun dunyoda davolash uchun katta mablag‘ va yuksak tibbiy imkoniyatlar talab qiladigan xastaliklar qatoriga kiradi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda onkologik kasalliklarning "yosharib" borayotgani barchani xavotirga solmoqda. Prezidentimizning muborak ayyom kunlarida aynan onkologiyaga ixtisoslashtirilgan markazga tashrif buyurgani ham bejiz emas.

Uchrashuv chog‘ida bemor bolalarning har biri bilan davlat rahbarining shaxsan o‘zi suhbat qildi, ularning muolajalari uchun zarur sharoitlarni muhayyo qilish, ularning tezroq to‘laqonli hayotga qaytishlari uchun mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. SSV Matbuot xizmati shu kunlarda butun mamlakatning e’tiborida turgan tibbiyot markazining bolalar bo‘limida davolanayotgan bemorlar va ularning ota-onalarining kayfiyati va taassurotlarini o‘rgandi.

Sabrina — Yo‘l harakati xavfsizligi faxriy xodimi

Prezidentimiz bilan uchrashuvda “katta bo‘lsam "GAI" xodimi bo‘laman” degan qizaloqni eslaysizmi? Uning ismi Sabrina. Namangan viloyati Chust tumanidan kelgan Sabrina Insofaliyeva 2003 yil tug‘ilgan. Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi mas’ullari yo‘l harakati xavfsizligi xodimi maxsus libosi, IIV YHXBB faxriy a’zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘alar bilan tashrif buyurishganida Sabrinaning quvonchining cheki yo‘q edi. Ikki yildan beri o‘ng son orqa yuzasi neyrogen sarkomasi tashxisi bilan davolanib kelayotgan qizaloqqa Prezidentimiz bilan yuzma-yuz suhbatda chet eldan o‘ng chanoq-son bo‘g‘iniga protez olib kelishga va’da qilindi. Nodirabegim asli badiiy gimnastika bilan shug‘ullanar ekan. Ushbu sport turi bo‘yicha Rossiyaning Sochi shahrida o‘tgan xalqaro musobaqada gran-prini qo‘lga kiritib kelgan. Keyinchalik oyog‘ida o‘simta borligi taxmin qilinib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan. Jamoat ishlarida va sport turnirlarida faol qizaloq og‘ir xastalikka chalinganini eshitgan ota-onaning holatini tasavvur qilish qiyin emas. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining sog‘ligini tiklash uchun davlatimiz tomonidan ajratilgan order tizimi oilaning joniga oro kirdi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

17.05.2021