– Tadbir doirasidagi ularga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar topshirildi, – deydi fond Namangan viloyati bo‘limi raisi A.Mukarramov. – Bu kabi xayriya tadbirlarimiz Ramazon hayitiga qadar davom etadi. Maqsadimiz xalqimizni rozi qilish va ijtimoiy turmush tarzini yaxshilashdan iborat.
Yo‘qlovdan ko‘ngli ko‘tarilgan xonadon egalari ham bunday e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duoga qo‘l ochdilar.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
11.05.2021