Sarqipchoqlik xotin-qizlarga e'tibor yanada kuchaymoqda

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanining eng olis hududi — “Sarqipchoq” mahallasida tashkil etildi. Unda mahallada yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarda yashovchi 50 nafarga yaqin xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda tekshiruvlar natijasida aniqlangan kasalliklarni davolash bo‘yicha zarur choralar olib borilmoqda.

 Mazkur salomatlik tadbirlarida viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi — viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  Sayyora Jumaeva ishtirok etdi.

 Shundan so‘ng S. Jumaeva ishtirokida sarqipchoqlik iste'dodli qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla qizlarining malakali ta'lim olishlari va turli kasb-hunar egallashlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish masalalari o‘zaro muhokama etildi.

Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi

11.05.2021