bunday insonlardan kuch-quvvat olib, ular kabi matonatli, shijoatli va dovyurak bo‘lishga intilib yashaymiz.Ana shunday qahramonlardan biri Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, yong‘in xavfsizligi faxriysi, 96 yoshli iste'fodagi podpolkovnik Abduvohid Abidovdir. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Xamidullaevich Qo‘ldoshev va bir qator vazirlik xodimlari bilan birgalikda 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriysi Abduvohid ota Abidov holidan xabar oldilar.O‘n sakkiz yoshida dushmanga qarshi jangga kirgan A.Abidov uzoq yillik jangu jadallardan so‘ng, yana to‘rt yil armiya safida xizmat qildi. O‘z yurtiga qaytib kelgach, hech ikkilanmasdan xizmatni davom ettirdi. Dastlabki faoliyatini poytaxtimizning hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani YoXBda o‘t o‘chiruvchilikdan boshlaydi.
Keyinchalik, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq tufayli xizmat pillapoyalaridan ko‘tarila borib, IIV YoXBBda inspektorlikdan bo‘lim boshliqligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Shu sababli o‘zining halol mehnati bilan elning nazariga tushadi. Shuningdek, u xizmatga kelgan yosh xodimlarga ustozlik qilib, soha sir-asrorlarini ularga mukammal o‘rgatadi. Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshevga ayniqsa ustozning mehri bo‘lakcha edi.
Oilada ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bu inson turmush o‘rtog‘i Muqaddam aya bilan uch o‘g‘il va uch qizni tarbiyalab voyaga yetkazadi.Bugungi kunda Abduvohid Abidovning ikki nabirasi — Ibrohim va Sunnatilla Abidovlar yong‘in xavfsizligi xizmatida faoliyat yuritib, bobosi va otasining kasbini davom ettirib kelmoqda. Otaxonning e'tiborga molik xislati shundaki, u nafaqat oilasi, balki, mahallaning ham barcha a'zolariga maslahat berishni kanda qilmaydi.
Bundan tashqari, tuman FVV bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ham faol ishtirok etib, o‘zining sohaga oid bo‘lgan qimmatli fikrlarini o‘rtoqlashishdan charchamaydi. Shu sababli, Vazirlik rahbariyati va faxriylar kengashi bu insonni doimo qo‘llab-quvvatlab, unga moddiy va ma'naviy tomondan ko‘mak berib kelayotir. – Men o‘zimga va boshqa faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorman – deydi, Abduvohid Abidov. – Bu ham bo‘lsa, yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikning yorqin nishonasidir.Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni xotirlash, hayot bo‘lganlarini esa qadrlash, tabarruk otaxonu onaxonlarimizga izzat-ikrom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimizdir. Ana shundagina ajdodlarimizga bo‘lgan ehtirom tuyg‘usi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.
O'zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
07.05.2021