Yuraklarni titratadi sadosi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan festivalda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari namunali ko‘rgazmali harbiy orkestri, Milliy gvardiya Alohida namunali ko‘rgazmali harbiy orkestri, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy orkestri jamoalari tomonidan o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklarini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 

Qurolli Kuchlar orkestr va ansambl jamoalari tuhfa etgan musiqiy guldastalar festival' ishtirokchilarini to‘lqinlantirib yubordi. Yuraklarda sado bergan har bir tarona yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetib, dorulomon kunlarga shukr qilib yashashga undadi.

Leytenant Dilshod Ro'ziqulov Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

05.05.2021