Tinchlik va osoyishtalik haqida samimiy suhbatlar.

Urush qatnashchilari holidan xabar olish tadbirlarida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiev hamda Termiz harbiy prokuraturasi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Urush faxriylari tinch-osoyishta kunlarga yetib kelganiga shukronalar aytib, qo‘llarini duoga ochdilar. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, tinchlik va osoyishtalik haqida samimiy suhbat qildilar. Shundan so‘ng viloyat hokimi Prezident tabrigi o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alar va oziq ovaqat mahsulotlari faxriylarga topshirildi. 

Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasi hamda harbiy qismlardan tayinlangan badiiy havaskorlik guruhlari tomonidan urush davrini aks ettiruvchi sahnalashtirilgan musiqiy chiqishlar namoyish etildi va bu tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni

05.05.2021