Urushning suronli yillarini boshidan o'tkazgan nuroniy bilan mehr-oqibat, Vatanga sadoqat, farzandlar baxtu kamoli xususida suhbatlashildi. Viloyat hokimi urush faxriysiga Prezidentimiz tomonidan yo'llangan tabrikni o'qib eshittirdi hamda davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofoti va sovg'a-salomlarni topshirdi. Faxriylarimizning shonli hayot yo'li, boshidan kechirganlari barchamiz uchun ibrat bo'lishi kerak. Ularga mehr oqibat ko'rsatish, duolarini olishda hikmat ko'p,- dedi Davron Hidoyatov.
Toshkent viloyati Hokimligi
05.05.2021