Amputantlarga fondning sovg‘alari topshirildi

Nogiron-amputantlarga amaliy yordam ko‘rsatish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan bahslarda ko‘plab iqtidorli yoshlar kashf etildi. 

Yashil maydonda o‘ziga xos iroda, matonat bilan tup surgan “Farg‘ona” va “Andijon” futbol jamoalari har jihatdan munosib kurash olib bordi, g‘alabaga bo‘lgan irodasini ko‘rsatdi.

Musobaqa ishtirokchilari va sovrindorlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

14.04.2021