Bundan tashqari, mahalla idoralarini mebel jihozlari bilan ta’minlash ham fondning doimiy e’tiboridagi masala. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hokimliklar va homiylar bilan hamkorlikda 600 ta fuqarolar yig‘inlariga qariyb 2 milliard so‘mlik mebel jihozlari olib berildi.
Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda mahalla tadbirkorlikni rivojlantirish markazlariga aylanib bormoqda. Bugun yuzlab mahalla idoralarida kichik tadbirkorlik sub’ektlari ijara asosida faoliyat ko‘rsatib kelayotir. Tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror ishlashi uchun esa mahalla idoralari doimiy ravishda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlanishi lozim. Shu bois o‘tgan yildan boshlab “Mahalla” fondi fuqarolar yig‘inlarining kommunal to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini qoplab berishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda. O’tgan bir chorak mobaynida fond mablag‘lari hisobidan 601 ta mahalla idorasining 305 million so‘mlik qarzdorligi to‘lab berildi.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
16.04.2021