O’rta Chirchiqdagi 62 ta mahallaga kompyuter jamlanmasi olib berildi

Yaqinda O’rta Chirchiq tumani hokimligi hamda fondning tuman bo‘linmasi tomonidan 62 dona kompyuter, 62 ta printer va 62 ta veb kamera xarid qilinib, mahallalarga tarqatildi. Bundan tashqari, “Gulobod” mahallasi binosini qayta ta’mirlash uchun 60 million, “Obod” mahallasi binosi uchun 55 million, “O’rtabo‘z” mahallasi idorasi uchun esa 29 million so‘m mablag‘ ajratilib, mahalla binolari qayta ta’mirlandi.

Ta’kidlash joiz, ayni kunda tumandagi 21 ta mahallada davlat xususiy sherikchiligi asosida mahallalarning yangi binolarida qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

26.04.2021