– Ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olish bizning kundalik vazifamizdir, – deydi fondning Farg‘ona viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Bahodir Yulbarsov – Bu kabi muruvvat tadbirlarini Ramazon oyida yanada ko‘proq o‘tkazishga harakat qilamiz. Chunki Ramazon oyi bir-birimizga mehr saxovat ko‘rsatadigan oydir. Ta’kidlash kerak, o‘tkazilayotgan saxovat tadbirlarida “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga 7 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
27.04.2021