Prezidentimizning “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi xalqimiz ozodligi uchun jon bergan ajdodlarimiz merosini yanada chuqur o‘rganish imkonini yaratdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda ana shu fikrlar qayta va qayta takrorlandi.
– Muzey eksponatidan o‘rin olgan surat, kitob, gazeta va jurnallar Vatanimizning fidoyi va matonatli o‘g‘il-qizlari hayotini o‘tganishda muhim vositadir, – deydi fondning Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi B.Yulbarsov. – Shuningdek, mazkur muzey ota-bobolarimiz nomini abadiylashtirish, haqiqat va adolatni tiklash, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash kerak, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida ajdodlarimizning tahlikali yillarda kechgan hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi eksponatlar o‘rin olgan.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
29.04.2021