Quyidagi video reportajda, Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining mutaxassisi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarida ertak terapiya foydalari haqida so‘zlab beradi.
2004-yilda Lola Karimova-Tillyaeva tomonidan tashkil etilgan Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida serebral falaj, Daun sindromi, autizm, ruhiy rivojlanishi sustlashgan kabi tashhislarga ega va tayanch harakat tizimi kasalliklari bilan xastalangan bolalarga yordam ko‘rsatiladi. Bu yerda yuqori malakali mutaxassislar har bir bola uchun ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturi asosida ish yuritadilar. Markazdagi barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
29.04.2021