Ushbu davlat ijtimoiy buyurtmasi “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturining asosiy maksad va vazifalaridan kelib chikkan xolda ishlab chiqildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan, “Muruvvat” uylarida yashayotgan, keksa va nogironlarni, kundalik xayotda zarur bulgan, (yotoq jildlari, shaxsiy gigiena vositalari, kiyim-kechak, poyabzallar) anjomlar bilan ta'minlash, turli xil madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish loyixaning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish natijasida loyiha davomida 1100 nafar keksa va nogironlar, manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanib, malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatildi.
29.04.2021