Muruvvat uyida o‘tkazilgan xayr-saxovat aksiyasi bunga yorqin misoldir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Keksa va nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hayot sifatini yuksaltirish” davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tashkil etilgan tadbirda keksa avlod vakillarini har tomonlama ijtimoiy muhofaza qilish, ularning turmush sharoitlarini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekani alohida ta'kidlandi. – Xalqimizga xos bo‘lgan yolg‘iz, kam ta'minlangan keksalar, pensionerlar, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash istiqlol yillarida yanada keng quloch yoydi, – deydi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi boshqaruvi raisi A.Mirzaahmedov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb nomlangani va shu asosda maxsus Davlat dasturi ishlab chiqilgani bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil bo‘ldi. Xususan, o‘tkazilayotgan bunday xayriya tadbirlari davomida viloyatlarda joylashgan Muruvvat uylarida yashayotgan keksa va nogironlar kundalik zarur anjomlar, shaxsiy gigiena vositalari, kiyim-kechak va poyabzal bilan ta'minlanmoqda. Ularga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilayotir. Mazkur Muruvvat uyida imkoniyati cheklangan ayollarning salomatligini mustahkamlash, hayot darajasini yuksaltirish uchun barcha sharoit yaratilgan. 6 nafar malakali shifokor, 20 dan ziyod o‘rta tibbiyot xodimi ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Tadbir doirasida Muruvvat uyiga O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tomonidan 31 million so‘mlik xayriya yordami topshirildi. San'atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
29.04.2021