– Avtohalokatga uchraganimizdan keyin turmush o‘rtog‘im va bir nafar farzandimdan ajralib qolganmiz, – dedi Namangan shahar “Mehnatobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Sanobarxon Ubaydullayeva. – Avtohalokatda yana bir farzandimiz Mohira Sodiqjonova ham jiddiy jarohat olgan edi. Bir necha yildan buyon davolatishga harakat qilyapman, ammo o‘zi mustaqil harakatlana olmayapti. Bugun “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyat bo‘limi tomonidan farzandimga berilgan nogironlik aravachasi, shirinliklar va sovg‘alar ko‘nglimizni ko‘tardi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda jami 18 nafar nogironlar, uzoq vaqtdan buyon davolanayotgan hamda maktablarda yakka tartibda o‘qitish uslubida ta’lim olayotgan bolalarning holidan ham xabar olindi.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
01.06.2021