Urganch shahar hokimligida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 45 nafar yoshlarga maishiy texnika vositalari tarqatildi. Xususan, 31 nafar yoshlarga tikuv mashinasi, 9 nafar yoshga muzlatgich va 5 nafariga mikro pechlar tarqatildi.
Shuningdek, tadbirda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, munosib daromad olishi uchun ularga sharoit yaratib berish, «Yoshlar daftari»dagi yoshlar uchun ajratib berilgan vositalardan to‘g‘ri foydalana olishlari, mustaqil ravishda tadbirkor bo‘lib, oyoqqa turishlarida amaliy ko‘mak berish borasidagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati rahbari
11.05.2021