Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati davom etib, unda Namangan viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari ham faol ishtiroq etmoqdalar.

Bizga ko‘rsatilgan bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi, – deydi Yuldasheva dilfuza. – Har bir bayram, yaxshi kunlarda ko‘plab tashkilotlar, mahalladagilar, qo‘ni-qo‘shnilar yo‘qlab turadi. Mehr-oqibatli xalqimizdan, xonadonimizga fayz keltirgan tadbir tashkilotchilaridan juda xursandman. Doimo sog‘-salomat bo‘lishsin. Fuqarolar o‘z navbatida, ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdilar. 

Namangan viloyati Uy-joy kommunal xizmat

ko‘rsatish boshqarmasi Axborot xizmati

04.05.2021