– Bugungacha mahallaning “Temir daftari”da ro‘yxatda turar edik, – deydi M.Jo‘rayeva. – Chunki doimiy daromadimiz yo‘q edi. Bugun bizga sovg‘a qilingan tikuv mashinasi oilaviy daromadimizni oshirishga xizmat qiladi, deb ishonaman. Ta’kidlash kerak, shu kuni “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yangiqo‘rg‘onlik 38 nafar fuqaroga tikuv mashinalari sovg‘a qilindi.
26.04.2021