Chirchiqda Prezident borgan mahallalar obod bo‘lmoqda

Ertasi kuniyoq bu mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mas’ullari “Iftixor” mahallasida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi. Shuningdek, Chirchiqdagi boshqa mahallalarda yashovchi, kam ta’minlangan va o‘zgalar yordamiga muhtoj aholiga ham xayr-saxovat ko‘rsatildi. 

Bundan tashqari, “Mahalla” fondi Chirchiq shahar bo‘linmasi, shahar hokimligi hamda xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining deputatlik guruhi bilan hamkorlikda mahallalardagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilandi. Shu asosda aholiga moddiy va ma’naviy ko‘mak berilmoqda. Jumladan, yaqinda “Iftixor” mahallasida o‘tkazilgan xayr-saxovat tadbiri ham mehrga tashna ayrim fuqarolarning quvonchiga sabab bo‘ldi.

Chirchiq shahar “Mahalla2 xayriya jamoat fondi qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘lardan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat, himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘linmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan moddiy yordamlar ajratilmoqda. Xususan, Chirchiq shahar “Umid” MFY hududida “Temir daftar”dagi nogiron oilalarga jamg‘arma tomonidan oziq-ovqat jamlanmasi berildi

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

27.04.2021