19-yil davomida "Sen Yolg'iz Emassan" Fondi nafaqat Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, balki bitiruvchilariga ham beg‘araz yordam ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, Fond tomonidan uy-joy olish, bitiruvchilar va ularning oila a'zolariga tibbiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy va huquqiy himoya bo‘yicha muammolarni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, Fond oliy o‘quv yurtlariga kirish, to‘lov harajatlarini qoplash va yotoqhonalarga joylashishga amaliy yordam berdi.
"Sen Yolg'iz Emassan" Fondi 2002-yilda Lola Tillyaeva tomonidan O‘zbekistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojga ega bolalar, hamda kam ta'minlanganoilalar farzandlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan
29.04.2021