Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta'minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an'analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015 yilning «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan:
1. «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e'tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta'minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma'lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish
29.04.2021